Eng ulug’, eng aziz

Sen — qudrat manbai saodat maskani, jonajon O’zbekistonim!

An’anaviy ko’rik-tanlovi 2019-2020 yil

Nomzodlarga ovoz berish uchun qolgan vaqt

0
Kun
0
Soat
0
Daqiqa
0
Soniya

Tanlov haqida

Tanlovga “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʼzbekistonim!” degan bosh gʼoyani oʼzida mujassam etgan va
2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi hamda “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida mamlakatimizni har tomonlama obod qilish, uning iqtisodiy qudratini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni, Oʼzbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzi va obroʼsi oshib borayotgani, pandemiya sharoitida ham davlat va jamiyat hayotidagi oʼzgarishlar izchil davom etayotganini hayotiy misollar va ilmiy asoslangan tahlillar asosida xolis va haqqoniy yorituvchi ijodiy asarlar qabul qilinadi.

Quyidagi nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi

Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari

Nomzodlar

Bosma OАV xodimlarining jurnalistik ishlari

Nomzodlar

Ommaviy axborot vositasi sifatida roʼyxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari

Nomzodlar

Televidenie va radio ijodkorlarining materiallari

Nomzodlar

Tasviriy sanʼat, foto asarlari va dizayn ishlari

Nomzodlar

Kino san’ati asarlari

Nomzodlar

Eng yaxshi jurnalistik material uchun

Nomzodlar

Ko'p beriladigan savollar

Ishtirokchilar (muallif va uning professional faoliyati toʼgʼrisida qisqacha maʼlumot; pasport nusxasi; manzil va bogʼlanish telefonlarini ilova qilgan holda) oʼz ijodiy ishlarini tanlov2020@aimc.uz elektron pochtasiga yoki @tanlov2020 telegram manziliga yuborishlari lozim.

Tanlov gʼoliblari oltita nominatsiya boʼyicha aniqlanadi.

1-oʼrinni egallagan ishtirokchilarning har biri noutbuk, diplom va Tanlov ramzi tushirilgan statuetka bilan;
2-oʼrinni egallagan ishtirokchilarning har biri televizor, diplom va Tanlov ramzi tushirilgan statuetka bilan;
3-oʼrinni egallagan ishtirokchilarning har biri planshet, diplom va Tanlov ramzi tushirilgan statuetka bilan taqdirlanadi.
Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganining oʼttiz yilligi munosabati bilan bosma OАV, veb-sayt, telekanal va radiokanallar ijodkorlari uchun har bir (toʼrtta) yoʼnalish boʼyicha bittadan “Eng yaxshi jurnalistik material uchun” ragʼbatlantiruvchi nominatsiya joriy etilgan boʼlib, gʼoliblari noutbuk hamda diplom bilan taqdirlanadi.

Tanlovga taqdim etilgan ishlar besh ballik tizim boʼyicha mavzuning dolzarbligi, asarning badiiyligi, mustaqillik gʼoyasining ifodasi, talqinning oʼziga xosligi kabi mezonlar asosida baholanadi.
Har bir nominatsiya boʼyicha barcha mezonlarda umumiy ballar qoʼshib hisoblanganda eng yuqori koʼrsatkichga erishgan ishtirokchilar tanlovning gʼolibi deb topiladi. Аgar ishtirokchilar oʼrtasida umumiy toʼplangan ballar teng kelib qolgan taqdirda, I, II va III oʼrinlarni taqsimlash Hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan hal etiladi.

Tanlovga taqdim etilgan materiallar miqdori har bir nominatsiya boʼyicha alohida belgilanadi. Qoida tariqasida:
yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari 1 ta kitobdan, kino sanʼati asarlari 1 ta toʼliq metrajli kinoasardan kam boʼlmasligi;
bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining maqolalari, ommaviy axborot vositasi sifatida davlat roʼyxatiga olingan veb-saytlar xodimlarining jurnalistik ishlari, televidenie va radio ijodkorlarining materiallari, tasviriy sanʼat, foto asarlari va dizayn ishlari 3 tadan kam boʼlmasligi lozim.

Hakamlar hayʼati qaroridan norozi boʼlgan ishtirokchi qabul qilingan qarorga nisbatan qaror qabul qilingan sanadan boshlab 10 kunlik muddat ichida Tashkiliy qoʼmita (Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi)ga apellyatsiya tartibida shikoyat kiritish huquqiga ega.
Tashkiliy qoʼmita apellyatsiya tartibida murojaatni koʼrib chiqishida uning aʼzolarining kamida 2/3 qismi ishtirok etganda haqiqiy hisoblanadi.
Tashkiliy qoʼmita 5 kunlik muddat ichida murojaatni koʼrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi va qaror nusxasini murojaat qilgan shaxsga yuboradi:
shikoyatni qanoatlantirishni rad etib, Hakamlar hayʼatining qarorini oʼzgarishsiz qoldirish;
shikoyatni qanoatlantirib, Hakamlar hayʼati qarorini qisman yoki butunlay bekor qilib, yangi qaror qabul qilish.

Telefon

+998 (71) 244-32-33

E-mail

tanlov2020@aimc.uz

Biz bilan bog'lanish uchun